
"Real Madrid" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sky Sports nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi yosh futbolchini o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turinliklar skautlari e'tiboriga tushgan forvard uchun "Yuventus" rahbariyati 25 mln yevrodan 30 mln yevrogacha mablag' sarflashga tayyor.
"Real Madrid" rahbariyati o'z tarbiyalanuvchisini sotishga qarshi emas, biroq transfer shartnomasiga futbolchini kelajakda qayta sotib olish huquqini beruvchi bandni kiritishni talab qilmoqda. Ma'lumot uchun, Gonsalo Garsiyaning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil 30-iyuniga qadar imzolangan.
Joriy mavsumda hujumchi "Real Madrid" safida barcha turnirlar doirasida jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur bahslarda u raqiblar darvozasiga 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirda Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0