O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni isitish tizimiga ulash boshlanadi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish1

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni isitish tizimiga ulash boshlanadi

O‘zbekiston hududlaridagi ko‘p qavatli uy-joy fondini markazlashgan isitish tizimiga ulash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jarayonni joriy yilning 15 noyabr sanasiga qadar to‘liq boshlash rejalashtirilgan. Bu haqda 4 noyabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida tegishli soha mutasaddilari tomonidan xabar berildi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Ahadxon Isoqjonovning ta’kidlashicha, isitish mavsumini boshlash muddatlari bo‘yicha yakuniy qaror har bir hududdagi ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Qolaversa, tizimni barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida texnik va muhandislik tarmoqlarida tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Issiqlik ta’minoti korxonalari qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirmoqda. Iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish masalalari nazoratga olingan.

Aholi xonadonlarini isitish tizimiga ulash ishlari belgilangan grafik asosida, hududiy hokimliklar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish