
O‘zbekistonda aholi turmush darajasini yuksaltirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosatida yangi bosqich boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi hisobotlar tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, faoliyat samaradorligini baholashda yangi mezonlar joriy etilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida soha mas’ullari oldiga aniq vazifalarni qo‘ydi.
Davlat rahbari hisobotlardagi quruq raqamlar va sun’iy ko‘rsatkichlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ta’kidlab, asosiy e’tibor har bir oilaning real daromadiga qaratilishi zarurligini qayd etdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, endilikda hududlarda kambag‘allik darajasining pasaygani haqidagi rasmiy hisobotlar qabul qilinmaydi.
Buning o‘rniga, aholining iqtisodiy holati, ularning shaxsiy byudjetidagi o‘zgarishlar va turmush sharoitlaridagi real yaxshilanishlar natijalarning yagona ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinadi. Bunday yondashuv mas’ul rahbarlarning ish uslubini tubdan o‘zgartirib, muammolarni qog‘ozda emas, balki amaliyotda hal etishga undaydi.
Bu jarayon mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini yanada shaffof va natijador qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.






Izohlar
0