«Yuventus» himoya chizig'ini «Atalanta» futbolchisi Bernaskoni bilan kuchaytirmoqchi

0
«Yuventus» himoya chizig'ini «Atalanta» futbolchisi Bernaskoni bilan kuchaytirmoqchi
Italiyaning «Atalanta» klubi chap qanot himoyachisi Lorenso Bernaskoni faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Turin klubi skautlari 22 yoshli futbolchining harakatlarini Italiya kubogi yarim finali doirasidagi «Latsio»ga qarshi bahsda bevosita kuzatib bordi. Taniqli jurnalist Nikolo Skira bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Yuventus» rahbariyati yosh italyan himoyachisini yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlardan biri sifatida ko'rmoqda.

Hozirda «Atalanta» o'z tarbiyalanuvchisining transfer qiymatini 25 mln yevro etib belgilagan. Lorenso Bernaskoni joriy mavsumda Bergamo jamoasi safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ta'kidlash joizki, iqtidorli himoyachining «Atalanta» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar imzolangan. Turinliklar tarkibni yoshartirish siyosati doirasida Bernaskoni nomzodiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari