
Italiyaning "Roma" futbol klubi rahbariyati navbatdagi transfer oynasida tarkibni keng ko'lamli qayta qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar bermoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, jamoa tarkibini yangilash bo'yicha qaror strategik darajada qabul qilingan va kelasi mavsumda kim bosh murabbiy etib tayinlanishiga bog'liq emas. Corriere dello Sport xabariga ko'ra, klub yozda jamoani tark etishi kerak bo'lgan yetti nafar futbolchining dastlabki ro'yxatini allaqachon shakllantirgan.
Uning tarkibiga Artem Dovbik, Stefan El-Shaaravi, Brayan Saragosa, Lorenso Venturino, Evan Fergyuson, Kostas Tsimikas va Zeki Chelik kirgan. Bundan tashqari, bir qator boshqa futbolchilarning kelajagi borasida ham noaniqlik saqlanib qolmoqda.
Xususan, Paulo Dibala, Devine Rensh, Anjelino va Lorenso Pellegrini haqida gap ketmoqda. Bundan tashqari, moliyaviy feyr-pley standartlariga rioya qilish maqsadida "Roma" rahbariyati Kouadio Kone va Evan Ndikani sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu futbolchilar transfer bozorida katta talabga ega bo‘lib, bu klubga byudjetni optimallashtirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni belgilangan qoidalarga muvofiqlashtirishga yordam beradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0