
"Milan" futbol klubi rahbariyati himoyachi Pervis Estupinyanning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar bermoqda.
Ekvadorlik futbolchi “Inter”ga qarshi o‘yinda gol urgan bo‘lsa-da, bu yutug‘i jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini saqlab qolish uchun yetarli bo‘lmadi. Milan klubi vakillari allaqachon futbolchining agentiga yozgi transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashish niyati haqida rasman malum qilishgan.
Qayd etilishicha, Estupinyan nomzodiga Yevropaning bir qancha yetakchi klublari, xususan, Londonning “Tottenxem” va “Atletiko Madrid” klublari qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Milan” himoyachini Angliyaning “Brayton” klubidan 19 million yevro to‘lab, transfer uchun sotib olgandi.
Biroq futbolchi jamoa o'yiniga kutilgan ta'sirni ko'rsata olmadi. Ayni paytda Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa Italiya chempionati (A seriya) turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Klub yangi transfer davri boshlanishidan oldin tarkibni optimallashtirish ustida ishlashda davom etmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0