
Gavi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi "Barselona" yarim himoyachisi Gavi jamoadoshi Lamin Yamalning jarohat olgani borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
"Ko‘k-anorranglilar" vingeri chorshanba kuni "Selta"ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi. 18 yoshli futbolchi o‘yinni yakunlamasidan biroz avval penaltini aniq amalga oshirib, bahsdagi yagona gol muallifiga aylandi.
"Men uchun Lamin — eng yaxshisi. Albatta, uning jarohati jamoa uchun og‘ir zarba bo‘ldi, chunki u asosiy tarkibning muhim o‘yinchisi hisoblanadi.
Yamal hozir juda xafa, u o‘zining jamoadagi o‘rnini yaxshi tushunadi. Uning qancha vaqt maydonga tusha olmasligini bilmayman, biroq tezroq safga qaytishiga umid qilaman", — deya Gavining so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya oAV.
Ma’lumot uchun, "Barselona" navbatdagi uchrashuvini 25-aprel, shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida "Xetafe" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Hozircha Yamalning ushbu bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.