Germaniya Rossiya tahdidi tufayli armiya sonini ikki baravar oshiradi

0
Germaniya Rossiya tahdidi tufayli armiya sonini ikki baravar oshiradiGermaniya mudofaa strategiyasini tubdan yangiladi Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti hisoblangan Germaniya o'z xavfsizlik tizimida tarixiy burilish yasadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan beri birinchi marta Berlin mudofaa sohasida yangi va qat'iy strategiyani taqdim etdi. Ushbu hujjat Bundesverni kutayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni belgilab beradi.

Rossiya xavfsizlik uchun asosiy tahdid sifatida ko'rilmoqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Berlinda o'tkazilgan taqdimotda Rossiyani Yevropadagi barqarorlikka eng katta xavf soluvchi kuch sifatida ta'rifladi. Vazirning so'zlariga ko'ra, Moskva nafaqat qayta qurollanmoqda, balki NATO bilan to'g'ridan-to'g'ri harbiy to'qnashuvga ham hozirlik ko'rmoqda.

Pistorius: «Kreml harbiy kuchni o'z manfaatlariga erishishning odatiy vositasi deb bilmoqda. Ularning maqsadi — Yevropa va AQSh o'rtasidagi aloqalarni uzish orqali Shimoliy Atlantika alyansini parchalab tashlashdir».

Armiya soni 460 ming kishiga yetkaziladi Yangi strategiyaga ko'ra, Germaniya qurolli kuchlari — Bundesver tarkibi tubdan qayta ko'rib chiqiladi. Hozirda armiya safida 184,3 ming nafar askar xizmat qilayotgan bo'lsa, kelajakda ularning sonini kamida 460 ming kishiga yetkazish rejalashtirilgan.

Bunday keng ko'lamli safarbarlik Rossiyaning ehtimoliy tajovuzini qaytarish uchun yetarli kuch yaratishga xizmat qiladi. Gibrid urush va axborot ustunligi masalalari Germaniya hukumati hozirdanoq alyans a'zolariga qarshi gibrid hujumlar amalga oshirilayotganidan xavotirda.

Kiberhujumlar, qo'poruvchilik harakatlari, dezinformatsiya va josuslik kabi doimiy tahdidlarga qarshi kosmos hamda kibermakonda harbiy salohiyatni oshirish ko'zda tutilgan. Bu orqali raqib ustidan to'liq axborot ustunligiga erishish maqsad qilingan.

Yuqori texnologiyali qurollar xarid qilinadi Germaniya armiyasi uzoq masofadagi nishonlarni aniq urish imkoniyatini kuchaytiradi. Mavjud «Taurus» raketalaridan tashqari, quyidagi xaridlar amalga oshirilishi belgilangan: Aviatsiya salohiyatini oshirish uchun F-35 qiruvchi samolyotlari; Qariyb 1 000 km masofaga uchadigan JASSM-ER qanotli raketalari.

Shuningdek, mamlakatning havo hujumidan mudofaa tizimi ham ko'p bosqichli formatda yangilanadi va mustahkamlanadi. Berlinning ushbu qarori hududda yangi xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishga qaratilgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari