Berlinda Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan Qozog'iston fuqarosi ushlandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Berlinda Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan Qozog'iston fuqarosi ushlandiBerlin shahrida josuslikda gumon qilingan Qozog'iston fuqarosi ushlandi

Berlin shahrida Germaniya xavfsizlik kuchlari tomonidan o'tkazilgan maxsus operatsiya natijasida Qozog'iston fuqarosi qo'lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Berliner Morgenpost" nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Sergey K. ismli shaxs Rossiya razvedka xizmatlari foydasiga josuslik qilishda gumon qilinmoqda.

Tergov materiallarida keltirilishicha, u qariyb bir yil davomida Germaniya mudofaa sanoatiga oid maxfiy axborotlarni to'plab, chet elga uzatib kelgan. Gumonlanuvchi 2025 yil may oyidan e'tiboran Rossiya manfaatlari yo'lida faoliyat yuritgan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Uning asosiy vazifasi Germaniya tomonidan Ukrainaga ko'rsatilayotgan harbiy ko'mak, xususan, dronlar va robotlashtirilgan tizimlar ishlab chiqaruvchi korxonalar haqida ma'lumot yig'ishdan iborat bo'lgan. Shuningdek, Sergey K.

ehtimoliy sabotaj harakatlarini amalga oshirish uchun mo'ljallangan ob'ektlar haqida axborot to'plaganlikda ham ayblanmoqda. Prokuratura ma'lumotiga ko'ra, ushbu shaxs boshqa fuqarolarni ham ayg'oqchilikka jalb etishga harakat qilgan va Germaniya hududidagi harbiy texnikalar harakatini videotasvirga olgan.

28 fevral kuni politsiya xodimlari gumonlanuvchining xonadonida tintuv o'tkazib, tegishli dalillarni musodara qildi. Mazkur ish bo'yicha sud majlisi 29 aprel kuni bo'lib o'tishi belgilangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda va jarayon davomida yangi tafsilotlar aniqlanishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish