
Germaniyada Rossiya manfaatlariga ishlaganlikda gumonlangan bir shaxs hibsga olindi. Xorijiy OAV xabariga ko'ra, ushbu shaxs Qozog'iston fuqarosi bo'lib, unga qarshi josuslik va qo'poruvchilik faoliyatida ishtirok etganlik aylovi qo'yilgan. 47 yoshdagi gumonlanuvchi 2025 yil mayigacha Germaniyaning mudofaa tizimiga oid muhim ma'lumotlarni Rossiya maxsus xizmatlariga yuborganlikda ayblanmoqda.
Tergov davomida aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra, u Berlindagi hukumat binolari, avtomagistrallarda harakatlanuvchi harbiy texnika va yuqori lavozimli shaxslarga tegishli transport vositalarining suratlari hamda boshqa ma'lumotlarni yollangan xizmatlarga taqdim etgan. Uning smartfonida ochiq manbalardan olingan ko'plab foto va ma'lumotlar topilgan. Rasmiylar bu harakatni NATO a'zo davlat hududida harbiy ma'lumotlarni to'plashga qaratilgan harakat sifatida baholamoqda.
Bundan tashqari, gumonlanuvchi Germaniyada qo'poruvchilik harakatlarini amalga oshirish uchun odam yollashga urinishgani ham aniqlangan. U har qanday vazifani bajarishga tayyor ekanligini bildirgan. Hozirda sud qarori kutilayotgan bo'lib, tergov organlari ushbu ish bo'yicha chuqur surishtiruvni davom ettirmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0