Eron boshqaruv tizimida hokimiyat taqsimoti o'zgardi
Eron siyosiy tizimida jiddiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
«Reuters» agentligi bergan ma'lumotga ko'ra, mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy harbiy harakatlarning dastlabki kunlarida vafot etganidan so'ng, davlatni boshqarish mexanizmi yangilangan. Ilgari barcha vakolatlar yagona oliy rahbar qo'lida jamlangan bo'lsa, hozirda boshqaruv bir markazdan tor doiradagi nufuzli tuzilmalar ixtiyoriga o'tgan.
Manbalarning tasdiqlashicha, Mujtabo Xomanaiy rasman yangi oliy rahbar etib tayinlangan. Biroq uning mavqeyi mustaqil qarorlar qabul qilishdan ko'ra, yuqori elitada kelishilgan bitimlarni rasmiylashtirish bilan cheklanmoqda.
Amalda asosiy ta'sir kuchi Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi qo'lida qolmoqda. Mazkur harbiy tuzilma strategik yo'nalishlar va muhim siyosiy jarayonlarda yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, Milliy xavfsizlik oliy kengashi ham qarorlar qabul qilishda muhim o'ringa ega. Mujtabo Xomanaiy urush boshida jarohat olgani sababli jamoatchilikka ko'rinish bermayapti.
Ma'lum qilinishicha, u tashqi dunyo bilan asosan yaqin maslahatchilari yoki maxsus aloqa vositalari orqali muloqot qilmoqda. Hozirgi kunda Eronda rasmiy yetakchi mavjud bo'lsa-da, real hokimiyat harbiy va siyosiy guruhlar koalitsiyasi tomonidan boshqarilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0