Mojtaba Xomanaiy Isroil hujumi oqibatida og'ir jarohat oldi

0
Mojtaba Xomanaiy Isroil hujumi oqibatida og'ir jarohat oldiMojtaba Xomanaiy Isroil hujumi oqibatida og'ir jarohat oldi Eron Oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan havo zarbasi natijasida tan jarohatlari olgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The New York Times nashri Erondagi yuqori martabali manbalariga tayanib, hujum oqibatida Xomanaiyning yuzi qattiq kuygani va bu uning nutqiga salbiy ta'sir ko'rsatganini ma'lum qildi. Shu sababli rahbarga yaqin vaqt ichida plastik jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi kutilmoqda.

Tibbiy ma'lumotlarga ko'ra, fevral oyi yakunidan buyon Oliy rahbar oyog'ida kamida uch marta jarrohlik amaliyotini o'tkazgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror saqlashga urinmoqda, biroq kelajakda protez oyoqdan foydalanish ehtimoli mavjud.

Shuningdek, yaqinda uning qo'lida ham operatsiya bajarilgani qayd etildi. Xomanaiy ayni damda hushida va jarayonlarni kuzatib bormoqda, biroq ayrim strategik vakolatlarni vaqtincha harbiy generallar ixtiyoriga topshirgan.

Oliy rahbar 8 mart kuni lavozimga kirishganidan buyon jamoatchilikka video yoki audio murojaat yo'llmadi. Buning asosiy sababi sifatida uning zaif holatda ko'rinishni istamayotgani keltirilmoqda.

Hozirda barcha bayonotlar faqat yozma shaklda ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinmoqda. Eron Tashqi ishlar vazirligi vakillari rahbarning omma oldida ko'rinishi uchun ma'lum muddat talab etilishini tasdiqladi.

Xalqaro miqyosda mazkur vaziyat turlicha talqin qilinmoqda. Xususan, Tramp Eron yetakchisining tirik ekanligiga shubha bilan qarashini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Mojtaba Xomanaiyning otasi Ali Xomanaiy aynan 28 fevral kungi hujum oqibatida vafot etgan edi. Hozirda rasmiy Tehron rahbariyatning sog'lig'i borasidagi ma'lumotlarni cheklangan miqdorda taqdim etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari