Eron boshqaruvida o'zgarish: Hokimiyat vakillari aniqlandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Eron boshqaruvida o'zgarish: Hokimiyat vakillari aniqlandi
Eron Islom Respublikasida boshqaruv tizimida sezilarli o'zgarishlar ro'y berayotgani xabar qilinmoqda. Xorijiy OAVning ma'lumotlariga ko'ra, Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti ortidan mamlakat siyosiy tuzumi yangi bosqichga qadam qo'ymoqda. Avvalroq Eronning boshqaruv vakolatlari oliy rahbar shaxsida jamlangan bo'lsa, hozirgi vaqtda bu tizim o'zgarib, hokimiyat bir necha kuchli tuzilmalar o'rtasida taqsimlangan.

Manbalar Mujtabo Xomanaiyni rasmiy ravishda oliy rahbar lavozimiga tayinlanganini bildirishadi, ammo uning vakolatlari asosan yuqoridan berilgan qarorlarni tasdiqlash bilan chegaralanadi. Asosiy ta'sir va nazorat Islom inqilobi qo'riqchilari korpusiga o'tgan. Ushbu tuzilma, ayniqsa, harbiy sohada va muhim siyosiy masalalar bo'yicha yetakchi rol o'ynamoqda.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik oliy kengashi va boshqa maxfiy doiralarning ham Eron boshqaruvida muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilmoqda. Mujtabo Xomanaiy sog'lig'i bilan bog'liq sabablarga ko'ra, jamoatchilik oldida kam ko'rinadi va asosan yaqinlari orqali aloqa o'rnatishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Hozirgi kunda Eron boshqaruvida rasmiy yetakchi mavjud bo'lishiga qaramay, amaldagi hokimiyat harbiy va siyosiy tuzilmalar qo'lida to'planganini xorijiy OAV ta'kidlamoqda. Bu o'zgarishlar Eronning ichki va tashqi siyosatida yangi tendentsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish