Xomanaiy: «Eron Hormuz bo'g'ozi ustidan nazoratni o'zi ta'minlay oladi»
Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakat Hormuz bo'g'ozi hamda Fors ko'rfazi hududidagi o'z ta'sirini saqlab qolish va yanada kuchaytirish niyatida ekanini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur bayonot 30 aprel kuni nishonlanadigan Fors ko'rfazi kuni munosabati bilan yo'llangan rasmiy murojaatda keltirib o'tildi. Xomanaiyning ta'kidlashicha, Tehron mintaqadagi dengiz xavfsizligini mustaqil ravishda kafolatlash uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Shu sababli Eron ushbu masalada tashqi kuchlar, xususan, xorijiy davlatlar ishtirokiga ehtiyoj sezmaydi. Oliy rahnamo o'z nutqida Eron amaliy salohiyatiga tayanib, Hormuz bo'g'ozi ustidan to'liq nazorat o'rnata olishini qayd etdi.
Uning fikricha, bunday yondashuv Fors ko'rfazi mintaqasida barqarorlikni mustahkamlashga va raqib tomonlarning salbiy harakatlariga chek qo'yishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Eron yetakchisi AQSh ishtirokisiz ham mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash mumkinligini bildirdi.
Uning ishonch bildirishicha, tashqi aralashuvlar bo'lmagan taqdirda Fors ko'rfazini yanada barqaror va istiqbolli kelajak kutmoqda. Murojaatda mintaqa davlatlarining o'zaro hamkorligi xavfsizlikning asosiy omili ekaniga urg'u berilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0