Germaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan shaxs ushlandi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Germaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan shaxs ushlandiGermaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan Qozog'iston fuqarosi ushlandi

Germaniya huquq-tartibot idoralari Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda va qo'poruvchilik harakatlariga tayyorgarlikda gumon qilinayotgan Qozog'iston fuqarosini qo'lga oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Deutsche Welle" xabar bermoqda. Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, 28-aprel kuni hibsga olingan 47 yoshli shaxs Germaniya mudofaa tizimiga oid maxfiy ma'lumotlarni to'plash va ularni tashqi aloqalarga uzatishda ayblanmoqda.

Tergov materiallarida keltirilishicha, gumonlanuvchi 2025-yil may oyiga qadar Rossiya razvedkasiga strategik obyektlar haqidagi ma'lumotlarni muntazam yetkazib kelgan. Xususan, Berlindagi hukumat binolari, avtomagistrallardagi harbiy texnikalar harakati hamda rasmiy shaxslarning xizmat avtomobillari suratga olingan va yuborilgan.

Gumonlanuvchining smartfoni tekshirilganda, ko'plab foto va tahliliy ma'lumotlar aniqlangan. Garchi suratga olingan obyektlarning aksariyati ochiq manbalarda mavjud bo'lsa-da, rasmiylar bu harakatlarni NATO a'zosi bo'lgan davlat hududida harbiy ma'lumot yig'ish deb baholamoqda.

Shuningdek, erkak Germaniyada qo'poruvchilik harakatlarini amalga oshirish uchun odam yollashga uringani va har qanday topshiriqni bajarishga tayyorligini bildirgani aniqlangan. Hozirda ushlangan shaxs sud qarorini kutmoqda, tergov organlari surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish