AQSh NATO ittifoqchilari uchun maxsus qora ro'yxat tayyorlamoqda

0
AQSh NATO ittifoqchilari uchun maxsus qora ro'yxat tayyorlamoqdaAQSh NATO davlatlari uchun "qora ro'yxat" tayyorlamoqda AQSh ma'muriyati Eron bilan bog'liq ixtilofda Vashington pozitsiyasini quvvatlamagan NATO a'zolariga nisbatan maxsus choralar ko'rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Politico nashrining xabar berishiga ko'ra, Oq uy ittifoqchilarni "sodiq" va "yomon" toifalarga ajratuvchi hujjat ishlab chiqqan. Ushbu hujjatda alyans a'zolarining tashkilot faoliyatidagi ishtiroki tahlil qilinib, ular turli darajalarga joylashtirilgan.

Mazkur tashabbus tashkilot bosh kotibi Mark Ruttening 8–12 aprel kunlariga belgilangan Vashington tashrifi arafasida tayyorlandi. Hozircha hujjatning to'liq tafsilotlari ochiqlanmagan bo'lsa-da, AQSh tomonidan ko'rilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy choralar ma'lum bo'ldi.

Xususan, Vashington ittifoqchilarga nisbatan NATOni moliyalashtirishni qisqartirish, Yevropadagi AQSh harbiy kontingentini kamaytirish yoki ularni boshqa hududlarga qayta joylashtirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, ro'yxatdan o'rin olgan davlatlar bilan qo'shma harbiy mashg'ulotlarni to'xtatish va qurol-yarog' savdosini cheklash masalasi ham muhokama qilinayotgani aytilmoqda.

Mazkur tizim haqida ilk bor 2025 yil dekabr oyida mudofaa vaziri Pit Xegset ma'lumot bergan edi. Unga ko'ra, o'z majburiyatlarini to'liq bajargan davlatlar imtiyozlarga ega bo'ladi, aksincha yo'l tutganlar esa salbiy oqibatlarga duch keladi.

Prezident Tramp ham NATO doirasidagi siyosatni o'zgartirish niyatida ekanini va ayrim ittifoqchilarning Eron masalasidagi pozitsiyasidan norozi bo'lganini bir necha bor ta'kidlagan. Tahlilchilarning qayd etishicha, so'nggi vaqtlarda Grenlandiya masalasi va harbiy yordam ko'rsatish borasidagi kelishmovchiliklar AQSh va alyans o'rtasidagi aloqalarni sovitgan.

Bunday "qora ro'yxat"ning joriy etilishi transatlantik munosabatlarda yangi inqirozni keltirib chiqarishi va tashkilot ichidagi birdamlikka putur yetkazishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari