Istambulda yer ostidagi maxfiy qurol ombori aniqlandi
Turkiyaning Istambul shahri Pendik tumanida joylashgan yer osti suv rezervuari hududidan yirik qurol-yarog' ombori topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda «Hürriyet» nashri xabar berdi. Istambul politsiyasi tomonidan o'tkazilgan maxsus kuzatuv tadbirlari, jumladan, dronlar orqali amalga oshirilgan nazorat natijasida jinoyatchilarning harakatlari fosh etildi.
Tezkor guruh tomonidan hududda o'tkazilgan tintuv jarayonida qurol ishlab chiqarish va yig'ish uchun mo'ljallangan minglab butlovchi qismlar musodara qilindi. Huquq tartibot organlari xodimlari ombordan 3 092 dona to'pponcha detali, 1 869 dona zatvor mexanizmi va boshqa ko'plab turli qurol komponentlarini topdi.
Mutaxassislar ushbu ehtiyot qismlardan noqonuniy ravishda o'qotar qurollarni yig'ishda foydalanilganini taxmin qilmoqda. Mazkur operatsiya davomida noqonuniy faoliyatga aloqadorlikda gumonlangan 4 kishi hibsga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda. Rasmiylar ushbu topilmani mamlakatda bir martalik reyd davomida aniqlangan eng yirik yashirin qurol omborlaridan biri sifatida baholadi.
Mazkur hodisa Turkiya hududida noqonuniy qurol aylanmasiga qarshi kurash choralari kuchaytirilayotganidan dalolat beradi.