Milan prokuraturasi hakamlar qo'mitasi rahbarini tergov qilmoqda

0
Milan prokuraturasi hakamlar qo'mitasi rahbarini tergov qilmoqda
Italiya futbolida hakamlar bo'yicha yangi yirik mojaroga asos bo'lishi mumkin bo'lgan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mamlakat huquq-tartibot idoralari Italiya chempionati va Seriya B o'yinlariga hakamlarni tayinlash uchun mas'ul bo'lgan Janni Rokkiga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Rokki VAR (videotakrorlar) tizimi ishiga aralashish va shu orqali uchrashuvlar natijasiga ta'sir o'tkazishda gumon qilinmoqda. Ma'lum bo'lishicha, 2025-yilda sobiq hakam yordamchisi tomonidan unga nisbatan shikoyat qilingan, biroq o'sha paytda ushbu murojaat harakatsiz qoldirilgan edi.

Hozirda mazkur ish jinoiy tus oldi va u bilan Milan prokuraturasi shug'ullanmoqda. Xususan, o'tgan yilning 1-mart kuni bo'lib o'tgan "Udineze" va "Parma" jamoalari o'rtasidagi bahs tergovchilar e'tiborini tortgan.

O'shanda VAR brigadasi dastlab penalti belgilash niyatida bo'lmagan, biroq kutilmaganda o'z qarorini o'zgartirgan. Tergov talqiniga ko'ra, Rokki VAR xonasining eshigini taqillatib, hakamlar e'tiborini tortish orqali vaziyatga bevosita aralashgan bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, "Inter" hamda "Verona" uchrashuvida Alessandro Bastoni bilan bog'liq shubhali holat ham o'rganilmoqda. O'sha o'yinni boshqargan hakam keyinchalik Italiya elitasidagi faoliyatidan chetlatilgan edi.

Agar Rokkining aybi isbotlansa, Italiya futboli navbatdagi jiddiy inqirozga yuz tutishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari