
"Bavariya" bosh murabbiyi Vinsan Kompani "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o'rtcoshdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Murabbiy yosh iste'dodning klub uchun naqadar muhim ekanligini ta'kidladi. Kompanining ta'kidlashicha, futbol tarixidagi eng buyuk o'yinchining ketishidan ko'p o'tmay, jamoada Yamal kabi futbolchining paydo bo'lishi "Barselona" uchun istisno holatdir.
Murabbiy Lionel Messini o'z avlodi uchun davrning eng asosiy shaxsiga aylantirganini eslatib, uning izidan borish potensialiga ega yosh iste'dodning paydo bo'lishini noyob hodisa deb baholadi. Shuningdek, u ushbu natijalar uchun klubning mashhur "La Masia" akademiyasiga minnatdorchilik bildirgan holda, akademiya yosh futbolchilarga doim ishonch bildirishi va ularga imkoniyat yaratishini yuqori baholadi.
Fabrisio Romanoning xabariga ko'ra, Vinsan Kompani Yamalning o'yin uslubi va rivojlanish sur'atlaridan qoniqish bildirdi. Ma'lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlar doirasida 44 ta o'yinda ishtirok etdi.
Ushbu bahislar davomida yosh hujumchi 23 ta gol urib, 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0