Xitoy "Tyangun" orbital stansiyasini kengaytirishning yangi bosqichini boshlamoqda
Xitoy o'zining "Tyangun" orbital stansiyasini rivojlantirish bo'yicha navbatdagi rejalarni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Yaqin yillarda kosmik ob'ektning hozirgi T-simon shakli xochsimon ko'rinishga keltirilishi, so'ngra oltita moduldan iborat yaxlit tuzilmaga kengaytirilishi kutilmoqda. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, ushbu o'zgarishlar stansiyani yirik xalqaro ilmiy laboratoriyaga aylantirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida dastlab "Tyanxe" markaziy tuguniga ko'p funksiyali yangi modul qo'shiladi. To'rtinchi modul ochiq kosmosga chiqish imkonini beruvchi maxsus shlyuz bilan jihozlanadi.
Rejalar to'liq amalga oshgach, stansiyaning umumiy massasi qariyb 180 tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda. Xitoy mazkur maqsadlar uchun o'zining texnik infratuzilmasini, jumladan, "Chanchjen-5B" raketasining quvvatini oshirmoqda va robotlashtirilgan manipulyatorlarni modernizatsiya qilmoqda.
Yangilangan "Tyangun" stansiyasi yana 15 yil davomida faoliyat yuritishi mumkin. Xalqaro kosmik stansiya orbitadan chiqarilganidan so'ng, Xitoy ob'ekti pastki Yer orbitasidagi yagona yirik va doimiy ishlovchi stansiya bo'lib qolishi taxmin qilinmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0