Qozog'iston kosmik davlatlar qatoriga qo'shildi
Qozog'iston "Soyuz-5" o'rta toifadagi eltuvchi raketasining muvaffaqiyatli uchirilishi natijasida jahonning kosmik davlatlari safiga kirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda "Roskosmos" rahbari Dmitriy Bakanov raketa parvozi jarayonida ma'lum qildi, deya xabar beradi Ixbt.com nashri. Qozog'iston Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Bayterek" loyihasining ishtirokchisi sanaladi.
Mazkur loyiha parvozga qadar jiddiy modernizatsiya bosqichidan o'tkazildi. Bakanov: «Ulkan voqea yuz berdi.
Bu davlatlararo loyihadir. Raketa prezident topshirig'iga binoan yaratildi va muvaffaqiyatli uchirildi.
Qozog'istonlik hamkorlarimizni kosmik davlatlar klubiga kirgani bilan tabriklaymiz». Qozog'iston Raqamli rivojlanish vazirligi "Soyuz-5" raketasining ilk parvozini mamlakat kosmonavtikasi tarixidagi yangi davr sifatida baholadi.
30-aprel kuni Boyqo'ng'ir kosmodromidan amalga oshirilgan sinov parvozi davomida raketaning birinchi va ikkinchi bosqichlari belgilangan rejimda ishladi. Sinov maketi Tinch okeani akvatoriyasiga tushgan.
"Soyuz-5" raketasining texnik ko'rsatkichlariga ko'ra, uning balandligi 65,2 metrni, start massasi esa 531 tonnani tashkil etadi. Raketa 17 tonnagacha yuk ko'tarish quvvatiga ega bo'lib, turli apparatlarni Yer atrofi orbitasiga yuqori aniqlikda olib chiqish imkonini beradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0