Vostochniy kosmodromidan ilk raketa uchirilganiga sakkiz yil to'ldi

0
Vostochniy kosmodromidan ilk raketa uchirilganiga sakkiz yil to'ldiVostochniy kosmodromidan ilk raketa uchirilganiga sakkiz yil to'ldi Rossiyaning Vostochniy kosmodromida 28 aprel 2016 yil kuni "Soyuz-2.1a" raketasining debyut parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, o'shanda "Volga" bloki yordamida koinotga "Lomonosov", "Aist-2D" hamda "SamSat-218" kabi ilmiy apparatlar orbitaga chiqarilgan. Mazkur voqea yangi kosmik majmuaning amaliy faoliyatidagi muhim bosqichga aylandi.

Hozirgi vaqtda Vostochniy kosmodromi 700 kvadrat kilometr hududni egallab turibdi. Majmuaning texnik imkoniyatlari zamonaviy start maydonchalari bilan kengaytirilgan.

Xususan, hududda balandligi 52 metr va vazni 1 600 tonna bo'lgan maxsus mobil xizmat ko'rsatish minorasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu qurilma noqulay iqlim sharoitlarida ham raketalarni uchishga tayyorlash jarayonini uzluksiz ta'minlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda majmuada "Angara" rusumli raketalar uchun mo'ljallangan yangi maydonlarni rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko'ra, ushbu hudud yiliga 10 tagacha uchirish amaliyotini o'tkazish, jumladan, boshqariladigan koinot missiyalarini bajarish quvvatiga ega bo'ladi.

Kosmik bandargoh infratuzilmasi izchil rivojlanib, 2025 yil foydalanishga topshirilgan aeroportning uchish-qo'nish yo'lagi koinot apparatlarini tashish muddatini sezilarli darajada qisqartirdi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari