AQSH politsiyasi xavfsizlikni ta’minlash uchun uchar apparatlardan foydalanmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

AQSH politsiyasi xavfsizlikni ta’minlash uchun uchar apparatlardan foydalanmoqda

AQSHning Florida politexnika universiteti politsiya departamenti xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarga tezkor munosabat bildirish tizimini tubdan yangilashga kirishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Muassasa kampus hududini samarali nazorat qilish hamda kutilmagan hodisalarga zudlik bilan yetib borish maqsadida Jetson ONE deb nomlangan bir kishilik elektr uchish apparatini o‘z xizmatiga qabul qildi. Hozirda uchar elektromobil sifatida e’tirof etilayotgan ushbu ixcham texnologik vosita politsiya faoliyatida yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda.

Mazkur innovatsion qurilma universitet hududida patrul xizmatini olib borishda yuqori manevrlikni ta’minlaydi. Uning yordamida huquq-tartibot xodimlari an’anaviy transport vositalari o‘ta olmaydigan yoki ko‘p vaqt talab qiladigan qiyin hududlarga qisqa muddat ichida yetib borish imkoniga ega bo‘ladilar.

Florida politexnika universitetining mazkur qarori texnologiyalarni jamoat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirish borasidagi ilg‘or qadam sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar ushbu tajriba kelgusida boshqa ta’lim maskanlari va xavfsizlik tuzilmalari uchun ham o‘ziga xos namuna bo‘lishini prognoz qilishmoqda.

Yangi texnologiya xodimlarning ish samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, talabalar va xodimlar xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim chora hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish