Koreyslar qanday qilib ozg‘in qomatni saqlab qolishmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Koreyslar qanday qilib ozg‘in qomatni saqlab qolishmoqda

Janubiy Koreyada ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan juda kam uchraydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mamlakat aholisining atigi 4 foizga yaqini semizlikdan aziyat chekadi. Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari ushbu ko‘rsatkichni genetik omillar bilan emas, balki koreys xalqining shakllangan turmush tarzi va o‘ziga xos ovqatlanish an’analari bilan izohlaydilar.

Koreys milliy oshxonasi asosan sabzavotlar, fermentlangan mahsulotlar va turli xil ko‘katlarga boyligi bilan ajralib turadi. Ovqatlanish madaniyatida yog‘li hamda yuqori kaloriyali taomlardan ko‘ra, bug‘da pishirilgan yoki yangi mahsulotlarni iste’mol qilish ustuvor hisoblanadi.

Bundan tashqari, jamiyatda shakllangan ijtimoiy qarashlar va kundalik faollik darajasi aholining jismoniy holatini me’yorda saqlashga xizmat qiladi. Shahar infratuzilmasining piyoda yurish uchun qulayligi hamda aholining doimiy harakatda bo‘lishi semizlikning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘z navbatida, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish koreyslar uchun shunchaki parhez emas, balki asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hayotiy falsafaning ajralmas qismidir.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish