Yaponiyada soch tolasidan ham yupqa shokolad yaratildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Yaponiyada soch tolasidan ham yupqa shokolad yaratildi

Yaponiyada dunyodagi eng yupqa shokolad mahsuloti sifatida e’tirof etilgan o‘ziga xos shirinlik tayyorlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur desertning qalinligi atigi 0,03 millimetrga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich uni qandolat olamidagi noyob kashfiyotga aylantiradi. Corteccia nomi bilan ataluvchi mazkur mahsulot nafaqat o‘zining g‘ayrioddiy va nafis ko‘rinishi, balki iste’mol qilingan zahoti og‘izda erib ketish xususiyati bilan shirinlik ixlosmandlarining e’tiborini qozonmoqda.

Ushbu texnologik va qandolat san’atining uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga kelgan shirinlik Yaponiyada faoliyat yurituvchi MATTE Bottega del Cioccolato kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Mazkur brendga taniqli qandolatchi Matteo Sanklikka asos solgan bo‘lib, u shokolad tayyorlash jarayonida yuqori aniqlik va an’anaviy usullarni zamonaviy yondashuv bilan birlashtirishga intiladi.

Hozirgi kunda ushbu mahsulot qandolat mahsulotlari bozorida o‘zining texnik murakkabligi va ta’m sifati bilan alohida o‘rin egallab bormoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish