
Teri parvarishi va yoshlikni saqlash borasida jahon miqyosida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan Janubiy Koreya mutaxassislari qimmatbaho kosmetik vositalar hamda turli muolajalar har doim ham kutilgan samarani bermasligi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Janubiy koreyalik taniqli plastik jarroh Choy Xyon Namning kuzatuvlariga ko‘ra, yuz terisidagi toshmalar, ko‘z atrofidagi noxush shishlar hamda vaqtdan ilgari chuqur ajinlar paydo bo‘lishining asosiy sabablari ko‘pincha tashqi vositalar bilan bog‘liq emas. Mutaxassisning fikricha, teri holati bevosita insonning ichki salomatligi va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ko‘p hollarda noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi, uyqu rejimining buzilishi va organizmdagi surunkali charchoq belgilari bevosita yuz terisida o‘z aksini topadi. Shu bois, faqatgina qimmatbaho kremlarga tayanib qolmasdan, avvalo, organizmning umumiy holatini yaxshilash va ichki jarayonlarni muvozanatga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Choy Xyon Namning ta’kidlashicha, teri sog‘lig‘ini tiklash jarayoni murakkab yondashuvni talab qiladi va u faqatgina sifatli kosmetika vositalari bilan cheklanib qolmaydi.






Izohlar
0