
Kundalik turmush tarzimizda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan yoki odatiy hol deb qabul qiladigan ba’zi harakatlar aslida sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Xususan, pishirilgan guruchni xona haroratida uzoq vaqt qoldirish, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, ya’ni ko‘kargan kartoshkani taomnomaga kiritish yoki mog‘or bosgan nonning faqat zararlanmagan qismini iste’mol qilish kabi odatlar oziq-ovqatdan zaharlanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha keng tarqalgan ayrim qarashlar har doim ham ilmiy asosga ega emas.
Masalan, tuxumni qayta isitish yoki unib chiqqan piyozni iste’mol qilish taqiqlangan deb hisoblansa-da, bu boradagi xavotirlar ba’zan bo‘rttirib yuboriladi. Uy sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va ulardan oqilona foydalanish salomatlikni asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyida kundalik hayotda tez-tez uchraydigan 15 ta mahsulot va ular bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.






Izohlar
0