NASA astronavti Rossiyaning «Soyuz» kemasida koinotga uchadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

NASA astronavti Rossiyaning «Soyuz» kemasida koinotga uchadiYuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazi "Soyuz MS-30" kemasining asosiy ekipaj tarkibini tasdiqladi

Yuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazi "Soyuz MS-30" kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga yo'l oladigan asosiy tarkibni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu missiya doirasida fazoga ko'tariladigan guruh a'zolari ma'lum bo'ldi. Ekipaj tarkibidan "Roskosmos" vakillari Dmitriy Petelin va Konstantin Borisov hamda NASA astronavti Deniz Bernxem joy oldi.

Kema qo'mondonligi Dmitriy Petelin zimmasiga yuklatildi. Bernxem va Borisov esa parvoz davomida bortmuhandisi vazifasini bajaradi.

Mazkur guruh Yer orbitasidagi uzoq muddatli ekspeditsiya davomida turli ilmiy tajribalar o'tkazishi va stansiya tizimlariga xizmat ko'rsatishi ko'zda tutilgan. "Soyuz MS-30" kemasining parvozi 2027 yil mart oyiga rejalashtirilgan.

Shuningdek, mazkur mutaxassislar 2026 yil 14 iyul kuni koinotga yo'l olishi kutilayotgan "Soyuz MS-29" kemasining zaxira ekipaji sifatida ham ro'yxatga olindi. Hozirgi vaqtda Xalqaro kosmik stansiyada "Roskosmos", NASA va Yevropa kosmik agentligi xodimlari o'z ish faoliyatini olib bormoqda.

Mazkur ma'lumotlar Ixbt.com nashri tomonidan taqdim etildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish