NASA astronavti Don Pettit Xalqaro kosmik stansiyada kartoshka yetishtirdi
NASA astronavti Don Pettit Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) mikrogravitatsiya sharoitida kartoshka yetishtirish bo'yicha noodatiy tajriba o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Astronavt o'zining ushbu «hosili»ni inglizcha «spud» (kartoshka) va «Sputnik» so'zlari uyg'unligidan kelib chiqib «Spudnik» deb atadi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar bermoqda.
Tadqiqotchi ushbu g'oyaga «Marslik» filmi va kitobi syujetidan ilhomlanib qo'l urganini ma'lum qildi. Asar qahramoni aynan kartoshka yordamida Marsda hayotini saqlab qolgan edi.
Pettit vaznsizlik holatida tuganaklarning rivojlanish jarayonini kuzatishni maqsad qilgan. Tajriba uchun maxsus yoritish tizimiga ega mitti issiqxona tayyorlanib, kartoshka ichimlik idishiga joylashtirilgan hamda yopishqoq tasma bilan mahkamlangan.
Kuzatuvlar davomida o'simlik novdalari noodatiy shaklda rivojlanayotgani aniqlandi. Er sharoitidan farqli ravishda, kartoshka ildizlari pastga emas, balki yuqoriga qarab o'sa boshlagan.
Pettit bu holatni hazil tariqasida «noto'g'ri ildizlar» deb ta'rifladi. Mutaxassislar kartoshkani kosmik parvozlar uchun eng istiqbolli ekinlardan biri deb hisoblamoqda.
Uning to'yimliligi va tashqi muhitga chidamliligi kelajakda Oy, Mars yoki uzoq kosmik stansiyalarda oziq-ovqat tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pettit: «Ehtimol, bir kun kelib Marsda kartoshka o'sadi.
Ungacha biz Yer orbitasida qo'limizdan kelganini o'rganamiz»
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0