Olimlar sun'iy oy tuprog'ida ilk bor no'xat o'stirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Olimlar sun'iy oy tuprog'ida ilk bor no'xat o'stirdiTexas universiteti olimlari sun'iy oy tuprog'ida no'xat yetishtirishga muvaffaq bo'ldi

NASA 2030-yillarda Oyga kosmonavtlarni yuborishni rejalashtirmoqda, bu esa koinot stansiyalarida oziq-ovqat yetishtirish masalasini dolzarblashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining ma'lum qilishicha, Ostindagi Texas universiteti tadqiqotchilari sun'iy oy tuprog'ida no'xat o'stirish imkoniyatini amalda namoyish etdi. Regolit deb ataladigan oy tuprog'i o'simliklar rivojlanishi uchun o'ta noqulay muhit sanaladi.

Unda organik moddalar mavjud emas, biroq zaharli og'ir metallar to'plangan. Olimlar ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuproq tarkibiga chuvalchang o'g'iti va maxsus zamburug'larni qo'shdi.

O'tkazilgan tajribalar natijasida 75 foizgacha regolitdan iborat bo'lgan aralashmada no'xat hosili olindi. Bunda zamburug'lar o'simliklarga ozuqa moddalarini o'zlashtirishda ko'maklashib, og'ir metallarning zararli ta'sirini kamaytirishga xizmat qilgan.

Hozirda mutaxassislar olingan mahsulotning xavfsizlik darajasini tekshirmoqda. Agarda tadqiqot natijalari ijobiy deb topilsa, kelajakda kosmonavtlar bevosita Oy yuzasida o'z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat yetishtirish imkoniga ega bo'ladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish