Xiaomi global bozor uchun "Redmi Watch 6" soatlarini taqdim etdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Xiaomi global bozor uchun "Redmi Watch 6" soatlarini taqdim etdiXiaomi kompaniyasi global bozor uchun "Redmi Watch 6" aqlli soatlarini taqdim etdi

Xitoydagi debyutidan olti oy o'tib, "Redmi Watch 6" va "Redmi Watch 6 NFC" aqlli soatlari jahon bozoriga chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur qurilmalar kompaniyaning xalqaro rasmiy saytida e'lon qilindi. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, ushbu qadam "Xiaomi" brendi bir qator davlatlarda "Redmi Watch 5" modelini yangilashni rejalashtirayotganidan dalolat beradi.

Yangi qurilmalar qora va kumush rangli korpuslarda sotuvga chiqariladi. Standart talqinda qo'shimcha ravishda ko'k rangli variant ham mavjud, biroq NFC modulli versiyada ushbu rang taklif etilmaydi.

Soat korpusi alyuminiy qotishmasidan ishlangan bo'lib, 550 mA/soat sig'imli akkumulyator bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi ma'lumotlariga ko'ra, qurilma bir marta quvvatlangach, 24 kungacha avtonom rejimda ishlashi mumkin.

Texnik xususiyatlariga ko'ra, soatlar Bluetooth 5.4 va GPS tizimlarini qo'llab-quvvatlaydi. Qurilmaga 432x514 piksel o'lchamli va 2,07 dyuymli AMOLED displey o'rnatilgan.

Ekranning yangilanish tezligi 60 Gs, maksimal yorqinlik darajasi esa 2 000 nitni tashkil etadi. Soatlar HyperOS 3 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi hamda sport ixlosmandlari uchun 150 dan ortiq mashg'ulot turini taqdim etadi.

Hozircha yangi modellarning sotuvga chiqish sanasi va narxi ochiqlanmadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish