Honor may oyida yangi aqlli soatlar modelini taqdim etadi
Honor kompaniyasi may oyida Honor Watch 6 Plus aqlli soatlarini namoyish etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Digital Chat Station insayderi ma'lumotlariga tayanib Ixbt.com xabar berdi. Yangi qurilma doirasimon siferblat bilan jihozlanadi va energiya samaradorligi yuqori bo'lgani sababli quvvat olmasdan uzoq muddat ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Texnik jihatdan model Honor Watch 5 Ultra va Honor Watch 5 Pro qurilmalarining sog'liqni nazorat qilish funksiyalarini o'zida jamlaydi. Xususan, soatga yurakning to'satdan to'xtab qolish xavfini aniqlash hamda qon bosimini sutka davomida noinvaziv usulda kuzatish tizimlari o'rnatiladi.
Shuningdek, maxsus algoritmlar yordamida jismoniy faollikni tahlil qilish va professional sport rejimlari bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish tizimi yanada yaxshilanadi. Ma'lumot o'rnida, Digital Chat Station insayderi avvalroq Xiaomi 15 va Realme GT 7 Pro smartfonlarining texnik xususiyatlarini rasmiy taqdimotdan oldin aniq e'lon qilgan edi.