Manchester Yunayted futbolchilari samolyot bortida o'zaro janjallashib qolishdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Manchester Yunayted futbolchilari samolyot bortida o'zaro janjallashib qolishdi


Daily Mail nashri "Manchester Yunayted" klubi ichida yuzaga kelgan jiddiy muammolar haqida tahliliy maqola e'lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, jamoadagi vaziyat kundan-kunga murakkablashib bormoqda va futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchiliklar ochiq tus olmoqda. Xususan, "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, himoyachi Lisandro Martines klubdagi transfer siyosati hamda sport direktori Jeyson Uilkoksning ish uslubini keskin tanqid ostiga olgan edi.

Uning bu chiqishiga jamoadoshi Yuri Tilemans qisqa va lo'nda munosabat bildirib, "Izohsiz" deya javob qaytargan. Manbaning ta'kidlashicha, Madriddan Manchesterga qaytish chog'ida samolyot bortida Martines va Tilemans o'rtasida janjal yuz bergan.

Aynan shu voqea jamoa ichidagi muhitga salbiy ta'sir ko'rsatib, o'yinchilar o'rtasidagi birdamlikka putur yetkazgan. Hozirgi kunda "qizil iblislar" ichki chempionatda o'z imkoniyatlaridan ancha past o'yin ko'rsatmoqda.

Ayni damda jamoa turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi, bu esa muxlislar va ekspertlar orasida katta noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Mutaxassislar klubdagi ichki nizolar bartaraf etilmasa, vaziyat yanada chigallashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish