Rossiya armiyasida oziq-ovqat tanqisligi sababli kannibalizm holatlari qayd etildi
Rossiya qurolli kuchlari safida oziq-ovqat yetishmovchiligi ortidan harbiylarning o'z hamkasblarini iste'mol qilishi bilan bog'liq holatlar aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda "The Sunday Times" nashri Ukraina harbiy razvedkasi taqdim etgan ma'lumotlarga tayanib xabar berdi. Razvedka materiallari orasida fotosuratlar va rus ofitserlarining o'zaro audio suhbatlari mavjud bo'lib, ularda kamida beshta shunday holat tilga olingan.
Xususan, 2025 yil noyabr oyida Donetsk viloyatining Mirnograd hududida joylashgan 95-alohida gvardiya motorli miltiq brigadasining 51-polkida xizmat qilgan "Cho'loq" taxallusi ostidagi askar ikki nafar hamkasbini o'ldirib, ularning go'shtini yeyishga uringani ma'lum qilingan. Mazkur hodisa haqida ofitserlardan biri Vladislav Razikovga Telegram orqali dalillar yuborgan.
Mustaqil harbiy jarroh suratdagi jarohatlar jangovar harakatlar natijasi emas, balki o'tkir asbob bilan kesilganini tasdiqlagan. Audio yozuvlarga ko'ra, inson go'shtini iste'mol qilgan askar podvalda ushlanayotgan vaqtda qarshilik ko'rsatgani uchun o'sha joyda yo'q qilingan.
Ofitserlar o'z qo'l ostidagilarning o'ta og'ir ochlik va charchoq holatida ekanini bildirgan. Shuningdek, 2025 yil aprel va oktyabr oylarida ham turli polk komandirlari o'z askarlarini "odam go'shtini yeyishni to'xtatishga" chaqirgan yoki bu borada qat'iy taqiqlovchi buyruqlar chiqargan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining sobiq kapitani Bredli Martin Rossiya armiyasida ta'minot tizimi izdan chiqqanini va bu qo'mondonlik uchun ustuvor masala emasligini ta'kidladi. Ukraina tomoni qo'lga olingan asirlar ham muntazam ravishda oziq-ovqat tanqisligidan shikoyat qilayotganini ma'lum qildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0