Honor yangi aqlli soatini rekord darajadagi batareya bilan tanishtirdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Honor yangi aqlli soatini rekord darajadagi batareya bilan tanishtirdiHonor kompaniyasi "Watch 6 Plus" aqlli soatining barcha modellarini namoyish etdi

Honor kompaniyasi Xitoy bozorida "Watch 6 Plus" aqlli soatlari uchun oldindan buyurtma berish jarayonini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qurilma brendning mazkur yo'nalishdagi eng yuqori darajadagi modeli sifatida baholanmoqda. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.

Yangi qurilmaning eng asosiy texnik ustunligi 35 kungacha avtonom ishlash quvvatiga ega ekanligidir. Soatga 1 000 mA/soat sig'imli "Qinghai Lake" akkumulyatori o'rnatilgan bo'lib, ishlab chiqaruvchi uni o'z segmentidagi eng yirik batareya deb hisoblamoqda.

Xaridorlar uchun qurilmaning besh xil rangdagi varianti taklif etilmoqda. Ro'yxatdan havorang, kulrang, jigarrang hamda qora rangning ikki xil ko'rinishi o'rin olgan.

Salomatlikni nazorat qilish tizimi "Honor Watch 5 Ultra" va "Pro" modellarida qo'llanilgan texnologiyalar asosida shakllantirilgan. Xususan, soat yurak urishining to'satdan to'xtash xavfini aniqlash hamda qon bosimini 24 soat davomida noinvaziv usulda o'lchash funksiyalariga ega.

Shuningdek, maxsus algoritmlar yordamida professional sport rejimlari va jismoniy faollik monitoringi imkoniyatlari takomillashtirilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish