Rogbid quvvati 100 kungacha yetadigan SpinX aqlli soatini taqdim etdi

0
Rogbid quvvati 100 kungacha yetadigan SpinX aqlli soatini taqdim etdiRogbid kompaniyasi SpinX aqlli soatini taqdim etdi Rogbid brendi o'zining SpinX nomli aqlli soat modelini namoyish qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, qurilmaning o'ziga xos jihati interfeys hamda ilovalarni boshqarish jarayonini soddalashtiruvchi maxsus aylantirish g'ildiragi bilan jihozlanganidir. Qurilmaga 1 100 mAs sig'imga ega akkumulyator o'rnatilgan bo'lib, u faol foydalanilganda 40 kun, kutish rejimida esa 100 kungacha quvvat saqlash imkoniyatiga ega.

Yangi model 1,43 dyuymli AMOLED displey bilan ta'minlangan. Ekranning aniqlik darajasi 466x466 pikselni tashkil etadi va Adobe RGB rang maydonini 99,5 % ga qamrab oladi.

Shuningdek, soat korpusidan uch xil ish rejimiga ega fonarcha ham joy olgan. Bluetooth 5.4 texnologiyasi yordamida foydalanuvchilar qo'ng'iroqlarni amalga oshirishi va musiqa tinglashni boshqarishi mumkin.

Salomatlikni nazorat qilish uchun mo'ljallangan datchiklar sutka davomida yurak urishi va qondagi kislorod miqdorini tahlil qiladi, shuningdek, uyqu sifatini kuzatib boradi. Sport bilan shug'ullanuvchilar uchun 100 dan ortiq mashg'ulot rejimi, kompas va 3ATM darajasidagi suvdan himoya tizimi tatbiq etilgan.

Qurilma chidamlilik bo'yicha AQShning MIL-STD-810H harbiy standarti talablariga javob beradi. Hozirda ushbu aqlli soatning narxi 50 $ etib belgilangan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari