OnePlus kompaniyasi yangi Watch 4 aqlli soatini taqdim etdi

0
OnePlus kompaniyasi yangi Watch 4 aqlli soatini taqdim etdiOnePlus kompaniyasi "OnePlus Watch 4" aqlli soatini rasman taqdim etdi "OnePlus" kompaniyasi o'zining yangi avlod aqlli soati hisoblangan "OnePlus Watch 4" modelini namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur qurilma Wear OS 6.0 operatsion tizimi hamda Oxygen OS Watch 8 qobig'i asosida faoliyat yuritadi. Dasturiy ta'minot yangilanganiga qaramay, ishlab chiqaruvchi apparat qismida avvalgi avlod modellari uchun xos bo'lgan Qualcomm Snapdragon W5 protsessori va BES 2800 soprotsessoridan foydalanishni ma'qul ko'rdi.

Bu haqda 3dnews.ru nashri ma'lumot berdi. Yangi gadjet korpusi titan qotishmasidan ishlangan bo'lib, tasmachasiz og'irligi 43 grammni tashkil qiladi.

Qurilma sapfir shisha bilan himoyalangan 466x466 pikselli LTPO OLED displey bilan ta'minlangan. Ekran yorqinligi odatiy holatda 600 kd/m² bo'lsa, sport rejimida ushbu ko'rsatkich 3 000 kd/m² gacha yetadi.

Shuningdek, soat 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira sig'imiga ega. "OnePlus Watch 4" chidamlilik darajasi bo'yicha IP69, IP68 va MIL-STD-810H xalqaro standartlariga javob beradi.

Qurilma 50 metr chuqurlikkacha bo'lgan suv ostida o'z ish qobiliyatini saqlab qolishi mumkin. 646 mA·soat sig'imli akkumulyator intensiv ishlatilganda 3 kun, energiya tejash rejimida esa 16 kungacha quvvat saqlaydi.

Hozircha qurilmaning sotuvga chiqish sanasi va narxi to'g'risida ma'lumot berilmadi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari