Levandovski mavsum yakunida «Barselona»ni tark etadi

0
Levandovski mavsum yakunida «Barselona»ni tark etadi
Levandovski mavsum yakunida "Barselona"ni tark etadi Polshalik hujumchi Robert Levandovski joriy mavsum yakunlangach, "Barselona" klubi bilan xayrlashadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda BBC jurnalisti Gilyem Balage ma'lum qildi. Hozirda 37 yoshni qarshi olgan futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Tarqalgan xabarlarga ko'ra, tajribali hujumchi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Levandovski kataloniyaliklar safidagi to'rtinchi mavsumini yakunlamoqda.

Shu vaqtga qadar u "ko'k-anorranglilar" libosida jami 188 ta uchrashuvda maydonga tushib, 118 ta gol urishga erishdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ma'lumot uchun, "Barselona" ayni paytda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Jamoa eng yaqin ta'qibchisi — "Real Madrid"dan 11 ochkoga o'zib ketgan. Mutaxassislarning taxminiga ko'ra, kataloniyaliklar joriy mavsumda chempionlik unvonini himoya qilish imkoniyatiga ega.

Levandovski uchun ushbu chempionlik klubdagi so'nggi yirik yutuq bo'lishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari