Lukaku faoliyatini "Milan" klubida davom ettirishi mumkin

0
Lukaku faoliyatini "Milan" klubida davom ettirishi mumkin
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku joriy yilning yozgi transfer oynasida "Napoli" klubini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Jurnalist Matteo Moretto bergan ma'lumotlarga ko'ra, 32 yoshli futbolchi faoliyatini "Milan" klubida davom ettirishi mumkin. Yaqin vaqt ichida "rossoneri" rahbariyatiga hujumchining xizmatlari taklif etilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Romelu Lukaku 2024-yilda Londonning "Chelsi" klubidan 30 mln yevro evaziga "Napoli" safiga kelib qo'shilgan edi. Tajribali forvardning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi Italiya klubi safida barcha turnirlarda jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Hozirgi vaqtda "Transfermarkt" portali Lukakuning bozor qiymatini 12 mln yevroga baholamoqda.

"Milan" klubi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida tajribali hujumchi variantini ko'rib chiqishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari