"Manchester Yunayted" Anderson uchun 144 mln yevro to'lashi kutilmoqda

0
"Manchester Yunayted" Anderson uchun 144 mln yevro to'lashi kutilmoqda
"Nottingem Forest" klubi yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatini Angliyaning grand jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

The Athletic nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" ushbu futbolchini o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xabarda aytilishicha, Anderson o'zining serg'ayrat o'yin uslubi bilan "mankunianliklar"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadiga aylangan.

Biroq "Nottingem" egasi Evangelos Marinakis "Manchester Yunayted" rahbariyati oldiga qat'iy talab qo'ydi. Unga ko'ra, "o'rmonchilar" Elliot Andersonni 144 mln yevrodan kam bo'lgan summaga sotishni istashmayapti.

Ma'lumot uchun, Elliot Anderson 2024-yilda "Nyukasl"dan "Nottingem" safiga 41 mln yevro evaziga o'tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va uchta samarali uzatmani yozdirib qo'ydi. Hozirda futbolchining kelajagi va transfer qiymati borasidagi muzokaralar mutaxassislar diqqat markazida bo'lib turibdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari