
"Inter" klubi yarim himoyachisi Davide Frattesi Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
CaughtOffside nashrining xabar berishiga ko'ra, italiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. "Qizil iblislar" 26 yoshli o'yinchini transfer qilish bo'yicha kutilmagan qadam tashlashga tayyorligini bildirdi.
Frattesi manchesterlik klubning tarkibini qayta shakllantirish va kuchaytirish strategiyasining muhim qismlaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Davide Frattesi 2024-yilda "Sassuolo" klubidan 31 million yevro evaziga "Inter"ga o'tgan edi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Milano klubi safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o'yin o'tkazib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirgi kunda Transfermarkt portali Frattesining bozor qiymatini 22 million yevro deb baholamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0