«Nyukasl» Gordon transferi uchun 80 mln funt so'ramoqda

0
«Nyukasl» Gordon transferi uchun 80 mln funt so'ramoqda
«Nyukasl» rahbariyati jamoa hujumchisi Entoni Gordonning ehtimoliy transferi bo'yicha o'z pozitsiyasini aniqlashtirib oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Taniqli jurnalist Devid Ornshteynning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga «Arsenal», «Bavariya» va «Liverpul» kabi grand klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, «qarg'alar» o'z yetakchisini qo'yib yuborishga qarshi emas, biroq har qanday kelishuv klubning moliyaviy talablari to'liq bajarilishiga bog'liq bo'ladi.

Xususan, transfer amalga oshishi uchun da'vogar klublar kamida 80 million funt sterling miqdoridagi mablag'ni to'lashlariga to'g'ri keladi. «Nyukasl» sotuvga ochiq ko'rinmoqda, biroq bu faqat munosib narx taklif qilingan taqdirdagina yuz beradi», — deya Ornshteynning so'zlarini keltirmoqda The Athletic nashri.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, Entoni Gordon joriy mavsumda barcha musobaqalarda ko'ngildagidek harakat qilmoqda. Hujumchi maydonga tushgan 46 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 17 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va 5 ta natijaviy uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Uning samaradorligi Yevropaning yetakchi klublari e'tiborini tortishda davom etmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari