
Olivye Jiru "Milan" safidagi eng yorqin xotiralari bilan o'rtoqlashdi
Fransiyalik hujumchi Olivye Jiru Italiyaning "Milan" klubida o'tkazgan yillari davomidagi eng unutilmas voqeani ma'lum qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, 2021/2022 yilgi mavsumda "Inter" darvozasiga yo'llangan dubl uning faoliyatidagi eng muhim lahza bo'lib qolgan. O'shanda Jiruning gollari jamoaga nafaqat uchrashuvda g'alaba qozonishga, balki mavsum yakunida Stefano Pioli shogirdlarining chempionlik unvonini qo'lga kiritishiga zamin yaratgan edi.
"Inter" bilan bahsdagi dublimdan so'ng muxlislar men haqimda qo'shiq kuylashni boshlagan edi. Biroq "Milan" safidagi eng chiroyli golimni "Speksiya" darvozasiga urganman.
Yaqinda o'sha vaziyatni qayta tomosha qildim, u haqiqatan ham juda muhim va chiroyli gol bo'lgan edi", — deya Jiruning so'zlarini keltirmoqda xorijiy nashrlar. Ma'lumot uchun, Olivye Jiru 2021-yildan 2024-yilga qadar "Milan" sharafini himoya qilgan.
Tajribali hujumchi jamoaning hujum chizig'ida yetakchilik qilib, muxlislar mehrini qozonishga muvaffaq bo'lgan. Hozirda futbolchi faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqda, biroq Italiya chempionatidagi yutuqlari va urgan gollari klub tarixidan munosib o'rin olgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0