Tramp Eron bilan muzokaralar yaqin 72 soat ichida boshlanishini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Tramp "Nyu-York Post" nashriga bergan intervyusida Eron bilan muloqotlarning yangi bosqichi yaqin 36–72 soat ichida o'tkazilishi ehtimoli borligini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur bayonot Eron portlari atrofida dengiz blokadasi davom etayotgan bir vaqtda yangradi. Bundan avval Oq uy rahbari Islom Respublikasiga qarshi harbiy zarbalar berishni kechiktirib, mavjud sulh muddatini uzaytirishga qaror qilgan edi.
Mazkur qadam Pokiston rahbariyatining murojaatidan so'ng qo'yildi. Rasmiy Islomobod Tehronga mojaroni tinch yo'l bilan hal etish bo'yicha yagona takliflar paketini tayyorlash uchun imkoniyat berishni so'ragan.
Tramp avvalroq o't ochishni to'xtatish rejimini uzaytirish niyatida emasligini aytgan bo'lsa-da, yakunda Pokiston tomonining so'rovini inobatga oldi. Shuningdek, prezident Eronni kelishuv shartlarini buzishda bir necha bor aybladi.
Biroq ushbu da'volarni tasdiqlovchi aniq dalillar yoki tafsilotlar hozircha taqdim etilmadi. Eron portlari blokadasi fonidagi ushbu diplomatik harakatlar mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0