"Atletiko" Grizmann o'rniga Yulian Brandtni tanladi

0
"Atletiko" Grizmann o'rniga Yulian Brandtni tanladi
Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann joriy yozgi transfer oynasida Madridning "Atletiko" jamoasini tark etadigan bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, tajribali futbolchi AQShning "Orlando Siti" klubi bilan shartnoma imzolab bo'lgan va faoliyatini okean ortida davom ettiradi. "Marca" nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati Grizmanning o'rnini bosuvchi nomzodni allaqachon aniqlab ulgurgan.

Madridliklar Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Yulian Brandtni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Germaniyalik futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi kelishuvi yakuniga yetayotgani sababli, u yozda erkin agent maqomida Ispaniya poytaxtiga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

Bu esa "Atletiko"ga iqtidorli o'yinchini tekinga qo'lga kiritish imkonini beradi. Ma'lumot o'rnida, Yulian Brandt 2019-yilda "Liverpuzen"ning "Bayer" klubidan "Borussiya" safiga 25 mln yevro evaziga o'tgan edi.

Joriy mavsumda 28 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 11 ta gol va 3 ta natijali uzatmani yozdirib qo'ydi. Brandtning transferi Madrid klubi uchun hujumkorlikni oshirish yo'lidagi asosiy maqsadlardan biri bo'lib turibdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari