
"Mening musiqam — bu rep, mening mamlakatim — Gana", deya kuylagan edi 90-yillarning mashhur reperi Nana. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Xuddi shu gaplarni "Manchester Siti"ning futbolchisi Antuan Semenyo ham g'urur bilan takrorlaydi. Ikkita fuqarolikka ega bo'lgan Semenyo Angliya terma jamoasi o'rniga Gana terma jamoasi sharafini himoya qilishni afzal ko'rgan.
U ganaliklar safida 202* yilida debyut qilgan va bu qarorining sabablarini tushuntirib bergan. "Gana futbol federatsiyasi menga 20 yoshimda murojaat qilgan edi.
Men ularga rad javobini bermoqchi emasdim. Bu qarorni oson qabul qildim va butun oilam meni iliq kutib olib, qo'llab-quvvatladi.
Ular hammasi Gana terma jamoasini sevadi va AQShda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borishni istashadi", — deydi Semenyo derby.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Gana — sobiq ingliz mustamlakasi bo'lib, uning iqtisodiyoti bugungi kunda ham Londonga chambarchas bog'liq.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0