
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini davom ettirish uchun afzal ko'rgan variantini aniqlab oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
26 yoshli futbolchiga "Barselona" uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirib kelmoqda, shuningdek, unga Londonning "Arsenal" va "PSJ" klublari ham da'vogar. Jurnalist Fernando Polo ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchi kataloniyaliklar klubiga o'tishni afzal ko'radi.
Aynan "Barsa"ga o'tishni forvard eng jozibali variant deb hisoblaydi. "Siyohrang-ko'klar" vakillari futbolchi bilan kelishib olish oson bo'lishiga ishonishadi, ammo "Atletiko"ni ko'ndirish juda qiyin bo'ladi – mana shu asosiy muammo.
Transfermarkt portali Xulian Alvaresning qiymatini 90 million yevroga baholaydi. Jahon chempioni bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0