Bastoni "Barselona" uchun "Inter"ni tark etishga tayyor

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish4

Bastoni "Barselona" uchun "Inter"ni tark etishga tayyor
"Inter" himoyachisi chet elga o'tishi mumkin

Milanlik "Inter" klubining markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni, ehtimol, chet el chempionatiga o'tishidan oldin oxirgi mavsumini o'tkazmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Italiyalik futbolchiga "Liverpul" va "Barselona" klublari da'vogarlik qilmoqda. Futbolchi kataloniyaliklar jamoasini afzal ko'rishi ma'lum.

Jurnalist Fernando Polo ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli futbolchi "Inter"ni faqat "Barsa" uchun tark etishga tayyor. Himoyachi Xans-Diter Flikning jamoasini juda yaxshi ko'radi va uning birorta ham o'yinini o'tkazib yubormaydi.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, "ko'k-anor ranglilar" allaqachon Bastoni bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Klublar o'rtasidagi muzokaralar Flik rozilik bergandan so'ng boshlanishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish