Italiya Futbol Federatsiyasi rahbarligiga ikki nomzod da'vogarlik qilmoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Italiya Futbol Federatsiyasi rahbarligiga ikki nomzod da'vogarlik qilmoqda
Italiya Futbol Federatsiyasi rahbarligiga faqat ikki nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda Football Italia portali xabar berdi. Tashkilotning avvalgi rahbari Gabriele Gravina iste’foga chiqqan edi.

Unga nisbatan bunday qaror Italiya terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi hal qiluvchi o‘yinda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasiga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng qabul qilindi. Avvaliga federatsiya boshqaruviga Alessandro Del Piero, Paolo Maldini va Demetrio Albertini kabi mashhur futbol afsonalaridan biri kelishi kutilgan edi.

Biroq yakuniy tanlov "kaltcho" yulduzlari orasida emas, balki ikki nafar ma’muriyat vakili — Giovanni Malago va Giancarlo Abete o‘rtasida kechadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Malago hozirda mahalliy Olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilmoqda.

Abete esa havaskor futbol yo‘nalishini boshqarib kelayotgan bo‘lib, u 2007-yildan 2014-yilgacha Federatsiya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirgi vaqtda nomzodlar klub vakillari bilan muzokaralar olib borishmoqda va ularning qo‘llab-quvvatlashini olishga harakat qilmoqdalar.

Shuni ta’kidlash joizki, hozircha hech bir nomzod mahalliy futbolni yuzaga kelgan inqirozdan qutqarish bo‘yicha aniq va batafsil dastur ishlab chiqmagan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish