
Italiyalik jurnalist Juzeppe Pastorening fikricha, "Barselona" klubi portugaliyalik futbolchi Rafael Leau uchun eng maqbul variant bo'lishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, kataloniyaliklar uslubiga ko'ra, Leau o'zining hujumkor o'yinini yanada erkin namoyish eta oladi. "Menimcha, "Barselona"ning o'yin uslubini hisobga olgan holda, bu klub Leau uchun ideal hisoblanadi.
U yerda unga himoyaviy vazifalar yuklanmaydi, chunki "Barselona" uchun himoya ustuvor yo'nalish emas. Men bunday variantga qiziqish bildirgan bo'lardim", – degan Juzeppe Pastore pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, ushbu ikki tomonlama qiziqish haqida mish-mishlar uzoq vaqtdan beri mavjud. Italiyada esa Rafael Leau aynan himoyaviy harakatlarni yoqtirmagani uchun tanqidga uchrab keladi.
Portugaliyalik futbolchi 2019-yildan buyon "Milan" safida to'p surmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0